"Real" yarimhimoyachisi Isko jamoa yangi uzoq muddatli shartnomaga imzo chekishga yaqin.
25 yoshli futbolchining tovon puli 700 mln yevro qilib belgilandi va uning shartnomasi 4+1 ko'rinishida uzaytiriladi. Fransisko shu muddat davomida yiliga 6 mln yevro maosh oladi.
AS nashrining xabariga ko'ra Isko yangi shartnomaga Ispaniya Superkubogidan so'ng rasman imzo chekadi. Shu ham aytib o'tish kerakki, "Real Madrid" asosiy jamoasida hech bir futbolchining tovon puli 500 mln yevrodan kam emas. Xususan, Karim Benzemaning tovon puli 1 mlrd yevro qilib belgilangan.
Yoshlar jamoasida esa eng past tovon puli 300 mln yevro.