"O'tgan mavsumda LaLigada chempion bo'ldik. Biz. "Real". O'tgan mavsumda. Balki kelasi mavsumda o'zgarishlar bo'lar. Biroq kurashishga haqqimiz bor. Keling, birga kurashaylik.
CHempionatni o'tgan yili yutdik, 10 yil oldin emas. Bunga hurmat bilan qaraylik.
Sizlar juda ko'p gapirasizlar. SHu bilan birga javobgarlikni ham bo'yningizga olishingiz kerak. Yuzimga qarab: ketishingni istayman, deb aytavering. Orqadan gapirgandan ko'ra, shu yaxshiroq.
Bir kun kelib, "Real"dan ketaman. Ammo ungacha durang va mag'lubiyatlardan keyin istefo haqida gapiraverish ham juda noo'rin. Har bir yomon o'yindan keyin mendan shu haqida so'rashadi. Bunday munosabatga loyiq emasman", - dedi Zidan.