Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan kelajagi borasidagi savolga keskin javob qaytardi.
«O'tgan yili La Ligani yutdi. Biz - «Real»... Keyingi mavsum ehtimol, bir qator o'zgartirish kiritilar. Ammo bu borada biz kurashishga haqlimiz. Kelinglar kurashamiz.
Biz chempionatni 10 yil avval emas, o'tgan yili yutdik. Bunga ozroq bo'lsa ham hurmat ko'rsatishingiz kerak. Sizlar - jurnalistlar ko'p gapirib yuboryapsizlar. Lekin sizlar javobgarlikni bo'ynilaringga olishlaringiz kerak. Seni ketishingni xohlayman deb ayting yoki seni ketishingni xohlaymiz deb aytinglar. Biroq siz buni yuzimga aytishingiz kerak, ortimdan emas.
Men jamoamga javob beraman. Agar nimadir ishlamasa, kim javobgarlikni bo'yniga olmayotganini ko'rish mumkin. Kelasi mavsum nimadir qilishimizga to'g'ri keladi. Ammo bu yil jamoa ushbu tarkib bilan davom ettirishga loyiq.
Bir kun «Real»dan ketaman, ertasi kuni esa ketmayman, keyin durang o'ynasak yoki mag'lubiyatga uchrasak yana iste'fo haqida gap ketadi. Qachonki bizda muvaffaqiyatsiz natija bo'lsa, mendan bu haqda so'rashadi. Men bunday murojaatga loyiq ish qilmayapman.
Men biroz g'azabdaman, koronavirus sababli, ikki hafta mobaynida izolyatsiyada bo'ldim va tezroq o'yinda oxirigacha kurashishimni namoyish etishni intizorlik bilan kutyapman», – dedi Zidan.