Futbolchi "qirollik klubi"da o'zini ko'rsata olmayapti va unda transferga qo'yiladigan o'yinchilar orasida bo'lish xavfi bor.
30 yoshli o'yinchining xizmatlariga uning sobiq klubi "CHelsi" qiziqish bildirmoqda. Azarning sog'ligidagi muammolarga qaramay, "aristokratlar" uni "qayta jonlantirish"ga tayyorlar. Angliya klubi Edenning qaytishi uchun 40-50 million evro to'lashga tayyor.
Belgiyalik futbolchi 13 karra ECHL sohiblari tarkibiga 2019 yilning yozida o'tgan edi. "Real" uning transferi uchun 100 million evro to'lagan.