Keyingi mavsumda paragvaylik hujumchi Segundada ishtirok etadi.
Serhio Diaz - "Lugo" klubi futbolchisiga aylandi. Hujumchi "Lugo" safida bir mavsum ijara asosida to'p suradi. Oldinroq berilgan ma'lumotda Diaz "Rayo Valekano" bilan kelishuvga erishganligi haqida xabar berilgan edi, biroq yakunlar tomonlar kelisha olishmadi.
19 yoshli futbolchining taqdimot marosimi bugun "Ankso Karro" stadionida bo'lib o'tadi.