"Pari Sen-Jermen" va "Manchester Yunayted" klublari "Real" himoyachisi Rafael Varanga qiziqish bildirmoqda.
"Todofichajes" tarqatgan xabarga ko'ra, mankunianliklar va parijliklar yozgi transfer paytida Varanni sotib olishmoqchi. "Madrid" esa frantsiyalik futbolchini taxminan 70 million evroga sotishi mumkin.
27 yoshli Varan joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 26ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning "Real" bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.