Zinedin Zidanning «Real»dan ketishi haqidagi mish-mishlar tinmayapti. Madridliklar joriy mavsumni bir-tekisda o'tkaza olmayapti va AS nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Zidanni faqatgina EChLdagi muvaffaqiyatgina jamoada olib qolishi mumkin.
El Larguero nashrining bayonotiga ko'ra esa, agar Zidan «Real»ni tark etadigan bo'lsa, uning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan asosiy nomzod - Raul sanalmoqda. Klub rahbariyatining fikricha, 43 yoshli mutaxassis "Real"ning bosh jamoasini boshqarishga tayyor.
Ayni paytda Raul «Real»ning yoshlar jamoasini boshqarmoqda. O'tgan mavsumda Raul qo'l ostida «qaymoqranglilar» yoshlari UEFA o'smirlar ligasida g'olib chiqishdi.