Xalqaro futbol tarixi va statistikasi qo'mitasi (IFFHS) Evropaning oxirgi o'n yildagi eng kuchli o'yinchisi borasida so'rovnoma o'tkazdi.
Unda birinchi o'rinni «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu qo'lga kiritdi. Kuchli uchlikdan esa uning sobiq jamoadoshi Serxio Ramos hamda «Bavariya» posboni Manuel Noyerlarlar joy olishgan.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu ushbu natijaga asosan «Real»da o'ynagan paytlarida qo'lga kiritgan natijalari orqali erishgan. U «qirollik klubi» safida 2009-2018 yillar davomida faoliyat olib borgan.