Madridning «Real» klubi «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduni Italiya Kubogi doirasida «Inter» (2:1) jamoasiga qarshi uchrashuvdan qayd etgan dubli bilan tabrikladi.
«Klubimiz tarixining eng yaxshi to'purari, endi esa dunyo futbolining eng yaxshi to'purariga aylandi. Tabriklaymiz, Krishtianu!» – deb yoziladi «Real»ning rasmiy bayonotida.
Nima uchun madridliklar o'zining sobiq futbolchisini aynan hozir tabriklagani tushunarsiz. Ayni paytda 35 yoshli hujumchining hisobida 762 ta gol bor.