"Real" klubi kecha yopilgan qishki transfer oynasida birorta futbolchi xarid qilmadi. Shu tariqa, "Qirollik klubi" so'nggi 3ta transfer muddatini xaridlarsiz o'tkazdi.
"Real" so'nggi marta 2019 yilning yozida katta xaridlarni amalga oshirgan edi. O'shanda madridliklar 350 million evroga Eden Azar, Luka Yovich, Eder Militao, Ferlan Mendi, Rodrigo Goes va Reyner kabi futbolchilarni sotib olgan edi.
Shundan buyon "Madrid" faqat o'yinchi sotmoqda yoki ijaraga bermoqda. Peres so'nggi 3ta transfer oynasi paytida futbolchi sotishdan jami 100 million evro ishladi.