"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan koronavirusdan sog'aydi. U jamoasining bugungi mashg'ulotini o'zi o'tkazdi.
Serxio Ramos, Dani Karvaxal va Lukas Vaskes ertaga mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda. Nacho, Federiko Valverde va Rodrigo shanba kuni «Ueska»ga qarshi bo'ladigan La liga uchrashuvida ishtirok eta olishmaydi.
Eslatib o'tamiz, «Alaves» (4:1) va «Levante» (1:2)ga qarshi o'yinlarda "Real"ni Zidanning yordamchisi David Bettoni boshqardi.