Madridning «Real» ustozi Zinedin Zidan karantindan chiqib ishini davom ettirishni boshladi. Bu haqda «Qirollik klubi» rasmiy sayti xabar bermoqda.
Zidan koronavirus uchun topshirgan test natijasi musbat chiqqanidan so'ng, 22 yanvardan beri izolyatsiyada qolayotgandi. Bugun Frantsiyalik mutaxassis o'z joyiga qaytdi va «Real» mashg'ulotlarini o'tkazdi.
«Qaymoqranglilar» keyingi rasmiy o'yinini 6 fevral kuni La Liga doirasida «Ueska» jamoasiga qarshi o'tkazadi.