Madridning «Real» futbolchisi Eden Azar mashg'ulotlarda barcha kuchi bilan ishlay olmayapti. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Azar mushaklarida noqulaylikni his qilmoqda. La Liga doirasida «Ueska» jamoasiga qarshi bo'ladigan o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida turibdi.
«Real» «Ueska» klubi bilan 6 fevral kuni o'ynaydi.