"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning taqdiri jamoaning Chempionlar ligasidagi natijasiga bog'liq, deya xabar tarqatdi "As" nashri.
Jamoa Ispaniya kubogidan chiqib ketgan bo'lsa, Ispaniya superkubogida muvaffaqiyatga erisha olmadi. "Qirollik klubi" La ligada peshqadam «Atletiko»dan 10 ochko ortda qolmoqda. Boz ustiga, "matraschilar" hisobida bitta zaxira o'yini ham mavjud.
Shu bois, "qaymoqranglilar" uchun yagona imkoniyat Evropa chempionlar ligasi bo'lib qolmoqda. Frantsiyalik mutaxassis "Real"da qolishi uchun EChLda g'olib chiqishi shart. Aks holda "Madrid" mavsumni sovrinsiz yakunlab, Zidan iste'foga chiqariladi.
«Real» Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichida «Atalanta» bilan to'qnash keladi. Uchrashuvlar 24 fevral va 10 mart kunlari bo'lib o'tadi.