Shu kecha kunduzda keng miqyosda muhokama qilinayotgan Messining shartnomasi borasida Madridning «Real» klubi ham o'z munosabatini bildirdi.
Shartnomaga ko'ra, to'rt yil ichida Messi soliqlarni hisobga olmaganda 555 million evrodan ko'proq maosh oladi. Shundan kelib chiqib. Madrid klubi «ko'k-annorranglilar» moliyaviy feyr-pleyni buzganlikda gumon qilmoqda, deya xabar beradi Marca.
«Qirollik klubi» rahbari Flarentino Perez kataloniyaliklar amaldagi qoidalarni buzmasdan Messining maoshiga shuncha pul sarflay olmasligiga ishonchi komil. U UEFA va La Ligadan boshqa klublar tomonidan qoidalarga rioya qilinishini nazorat qilishni so'radi. Liga rahbariyati «Barselona» bilan bog'liq vaziyatga qanday munosabatda bo'lishi hozircha noma'lum.