"Cuatro" xabariga ko'ra, futbolchi "qirollik klubi" rahbariyatiga chiqib, o'zini transferga qo'yilishini iltimos qilgan. Isko Evro-2020 turnirida Ispaniya termasi tarkibida bo'lish uchun o'yin amaliyoti kerakligini aytgan. Unga "Arsenal" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.
Ushbu mavsumda 28 yoshli Isko barcha turnirlarda 14 o'yinda qatnashib, 1 golga assist bo'ldi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilda tugaydi.