Madridning «Real» posboni Tibo Kurtua La Liga doirasida «Levante» (1:2) jamoasidan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Yomon o'ynadik deb aytmagan bo'lardim. O'yinning boshidanoq bir kishi kam bo'lib o'ynashga majbur bo'ldik. «Levante» - raqiblarga muammo tug'diradigan ajoyib jamoa.
«Atletiko» bilan o'rtadagi farq? Har qanday vaziyatda ham kurashishimiz shart. Ha, ular g'alaba qozonishda davom etishmoqda, qolaversa, zaxirasida o'yinlar ham bor. Biz ularni mag'lubiyatga uchrashuviga umid qilgan holda, g'alaba qozonishda davom etishimiz kerak», - dedi Kurtua AS nashri bilan suhbatda.
«Real» «Atletiko»dan etti ochko ortda qolmoqda va "matraschilar" hisobida ikkita zaxira o'yini bor.