9-daqiqada Eder Militao maydondan chetlatilgani tufayli "qaymoqranglilar" o'yin yakuniga qadar 10 kishi bo'lib o'ynashdi.
SHu tariqa Madrid klubi barcha musobaqalar doirasidagi so'nggi 4 o'yindan 3 tasida mag'lub bo'ldi. Zinedin Zidan jamoasi bunga qadar 14 yanvar kuni Ispaniya Superkubogining 1/2 finalida "Atletik Bilbao"ga (1:2), 20 yanvar kuni mamlakat kubogida "Alkoyano"ga (1:2) imkoniyatni boy bergan edi.
Malumot uchun, "Real" Ispaniya chempionatining keyingi turida "Ueska" bilan o'ynaydi. Ayni paytda "qirollik klubi" La Liga turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.