Madridning «Real» klubi yordamchi murabbiyi David Bettoni La Liga doirasida «Levante» (1:2) jamoasiga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirib o'tdi. Zidan koronavirusga chalinganligi sababli, bu bahsda ishtirok eta olmadi.
«Qiyin mag'lubiyat, ayniqsa 9-daqiqadagi qizil kartochkadan keyin. Biz hisobda oldinga chiqib olgandik, lekin «Levante»ning javob goli xursandchiligimizni uzoqqa cho'zmadi. Ikkinchi bo'limni yaxshi boshlagandik, ammo ularning ikkinchi goli bizni sindirdi.
Juda og'riqli mag'lubiyat, lekin jamoa to'g'ri iroda ko'rsata olganini ko'rdim. So'nggi daqiqagacha kurash olib borgan jamoani ko'rdim. 10 kishi bo'lib o'ynash juda qiyin. «Real» haliyam bizga ishonadi» , – dedi Bettoni.