Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Real Madrid" – "Levante" 1:1 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionati 21-turidan o'rin olgan bellashuv bo'lib o'tmoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin. 

YANGILASH

43-daqiqa. "Levante" navbatdagi burchak to'pi ishlab oldi. Ammo hozircha ulardan naf bo'lmayapti. 

42-daqiqa. Avvaliga Kroos, keyin Kazemiro jarima maydoni oldiga to'p bilan etib kelib yiqilib tushishdi, lekin hakam har ikki safar ham qoida buzilmadi deb topdi. 

40-daqiqa. Odriosola bugun Karvaxalning yo'qligini sezdirmaslikka qo'lidan kelgancha urinmoqda, hujumlarga faol qo'shilyapti. Lekin bu safar uning qanotdan amalga oshirgan uzatmasi sherigiga aniq etib bormadi. 

38-daqiqa. Jarima zarbasidan oshirilgan to'pga Kazemiro etib olganda, darvozabon qarshisida yolg'iz qolib ketardi. 

36-daqiqa. "Levante" raqib jarima maydoniga yaqin hududga joylashib olgach, "Real" bir kishi kamligi sezilib qolmoqda, muntazam ravishda mehmonlar zarba berish uchun qulay imkoniyatga ega bo'lishyapti. Bu safar ham himoyaga o'tgan Kazemiro majburan tayanch yarim himoyachi zonasini yopishga uringanda, raqib futbolchilari himoya markazida ochiq qolgan zonaga to'pni uzatishda va Rodjer yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi. Bu safar ham Kurtua o'zini ko'rsatdi.  

34-daqiqa. "Levante" to'pni o'zida saqlab turibdi. 

32-daqiqa. GOOOOOOOOL! Xose Luis Morales hisobni tenglashtirdi! Miramonning uzatmasi bu safar samarali bo'lib chiqdi. Odriosola ikki raqib o'rtasida qolib ketdi va uzoq burchakdagi Morales raqibni kechirmadi.  

30-daqiqa. Benzema o'zini dribling ustalaridek his qilib yubordi shekilli, raqibini aldamchi harakatlar bilan dog'da qolishga ancha urindi, lekin to'p qolib ketdi. 

Xavfli vaziyat! Markaziy himoyachi zonasiga qaytib, harakat qilayotgan Kazemiro zo'r uzatmani amalga oshirdi va Marko darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo oxirgi pallada zarba bera olmay qoldi. Aks holda hisob o'zgarishi mumkin edi. 

27-daqiqa. Qizil kartochkaga qaramay, "qaymoqranglilar" himoyadan qisqa masofaga uzatmalar orqali chiqishga urinishyapti. 

Navbatdagi hujumda Marko Asensio to'pni egallab zarba uchun imkon topdi, ammo uning urinishi ko'ngildagidek chiqmadi.  

25-daqiqa. Mendining xatosidan keyin Rodjer ketma-ket ikki bor zarba yo'lladi, lekin Tibo Kurtua jamoasi joniga oro kirib, muqarrar goldan qutqarib qoldi.  

22-daqiqa. "Levante" yana bir bor Kurtua darvozasiga xavf solishga urinib ko'rdi, o'ng qanotdan uzatmadan keyin Alvaro Odriosola raqibiga aniq zarba berishga imkon qoldirmadi.  

21-daqiqa. Azar, Asensio va Mendi chap qanotda qisqa masofada to'pni raqibga bermay, ushlab turishibdi. 

19-daqiqa. "Levante" burchak zarbasi ishlab oldi. Uzatmadan keyin Varan baland sakrab, xavfni bartaraf etdi. 

17-daqiqa. "Levante" futbolchisi hujumda qoidani buzdi deb topildi. 

15-daqiqa. Bir kishi kam bo'lgan "Real" hujum uyushtirayotganda "Levante" butun tarkibi bilan himoyaga qaytmoqda. Qiziq holat. 

Ushbu vaziyatda Toni Kroosning zargarona uzatmasini ham qayd etib qo'yish lozim. 

13-daqiqa. GOOOOOOOL! Marko Asensio hisobni ochdi! Ispaniyalik futbolchi qarshi hujumda maydon markazidan qochib ketdi, bir raqibi taqib etganiga qaramay, Markoning zarbasi aniq va "Real" hisobda oldinga chiqib oldi.  

11-daqiqa. "Real" o'ng qanotdan hujum uyushtirishga urinib ko'rdi, Odriosolaning uzatgan to'pi Benzemaga kelib tushdi, lekin franciyalik futbolchi to'pni o'ziga o'nglashda muammoga duch keldi.  

9-daqiqa. Ana xolos! "Real"ga yordam beradi deyiladigan "VAR" yordamida vaziyatni takroran ko'rgan bosh hakam Eder Militaoga sariq emas, qizil kartochka ko'rsatdi!

6-daqiqa. Burchak zarbasidan foyda chiqara olishmadi, aksincha, mezbonlar qarshi hujumga qochib ketishdi. Uch futbolchi oldinga o'tdi va Azarning kutilmaganda amalga oshirgan ajoyib uzatmasidan keyin Karim Benzema gol urishiga darvozabon yo'l qo'ymadi. 

5-daqiqa. O'ng qanotdan Xorxe Miramon oldinga o'tib ketayotgandi, lekin Mendi tezligini ishga solib, to'pni maydondan chiqarib yubordi. 

4-daqiqa. Sal qolishiga azgina qoldi. Kurtua negadir Militao bo'lsada, to'pga chiqib keldi va xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, lekin braziliyalik himoyachi ishonchli o'ynadi.

2-daqiqa. Hozircha to'p asosan maydon markaziga yaqin hududda "aylanib yuribdi". Goh u jamoa, goh bunisi uzatmada xatoga yo'l qo'ymoqda.  

1-daqiqa. "Real Madrid" hujumga o'tishga urinib ko'rdi, lekin hujum boshlanmay yakunlanib qoldi. 

O'yinni boshlashga hamma narsa shay va hakamning hushtagi yangradi!

Har ikki jamoa azolari maydonga tushib kelishmoqda, stadion uzra mezbonlar madhiyasi yangramoqda.

Bugun anchayin kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan Alvaro Odriosola hamda Eder Militao asosiy tarkibga kiritildi. Albatta buning sababi jarohatlar, aks holda Zidan jamoa sardorini braziliyalik himoyachiga alishtirmasa kerak edi. 

YANGILASH

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan. 

"Real Madrid" – "Levante"

20.15, "Estadio Alfredo Di Stefano"

"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Odriosola, Varan, Militao, Kroos, Kazemiro, Azar, Modrich, Asensio, Benzema.

"Levante" – Fernandes, Miramon, Postigo, Duarte, Klerk, Radoya, Malsa, Melero, Leon, Roxer Marti, Morales.

BestMaster
30 Yanvar 2021, 21:00
liga, real, madrid, levante, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads