Sobiq «Yuventus» ustozi Massimiliano Allegri hozirda so'roq ostida turgan «Real» bosh postini egallashga asosiy nomzodlardan biri sifatida qaralmoqda.
Sports.es xabariga ko'ra 53 yoshli Allegri agar klub Zidanga iste'fo bersa uning o'rnini egallashi kutilyapti.
Ma'lumot uchun, Allegri 2019 yili «Yuventus»ni tark etganidan beri hozir u ishsiz. Shuningdek, italiyalikka Rimning «Roma»si ham qiziqish bildirgan.