Braziliyalik futbolchi faoliyatidagi ilk golni kirtdi.
"Real" hujumchisi Vinisius Junior professional futbolchilik faoliyatidagi dastlabki golini kiritdi. Hozirda "Flamengo" tarkibida to'p surayotgan futbolchi Sudamerikana kubogida "Palestino"ga qarshi javob baxsida o'z hisobiga gol yozib qo'ydi, uchrshuvda hisob 5:0 natijasi bilan "Flamengo" foydasiga hal bo'ldi.
17 yoshli futbolchi 72-daqiqada maydonga tushdi va oradan bir daqiqa o'tib o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.
Ma'lumot uchun, ushbu mavsumda yosh forvard barcha turnirlarda 14 o'yinda maydonga tushib 1 ta gol va 1 ta golga assistentlik qildi. Junior "Real"ga 45 mln yevro evaziga o'tdi va 2018-yil yozdan boshlab madridliklar safiga kelib qo'shiladi.