«Real» va himoyachi Serxio Ramos o'rtasida yangi shartnoma borasidagi muzokaralar hozirda to'xtab qolgan. Ispaniyalik futbolchining amaldagi shartnoma 2021 yilning yozida yakuniga etadi va shundan so'ng u erkin agentga aylanadi.
O'yinchiga Evropaning bir nechta top-klublari qiziqish bildirmoqda, ammo «Real» boshqa jamoalar "Qirollik klubi"ga nisbatan yaxshiroq shartnoma taklif qilmasligiga ishonmoqda.
Eslatib o'tamiz, «Madrid» 34 yoshli Ramosga hozirgi maoshiga nisbatan 10% kamroq maosh bilan bir yillik shartnoma taklif qilmoqda. Serxio esa hozirgi maoshi kamaytirilmagan holda ikki yillik shartnoma istamoqda.
"Marca" xulosasiga ko'ra, yozda Ramosning "Real"dan ketishi haqida ishonch bilan gapirib bo'lmaydi. Ammo kundan-kunga buning ehtimoli oshib bormoqda.