Madridning "Real" klubi sardori Serxio Ramos mavsum yakuniga etgach jamoani tark etadigan bo'ldi. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Xosep Pedrerol xabar tarqatmoqda.
— Peres mehmonxonada Ramos bilan uchrashdi va maoshini 10 foizga kamaytirishga rozi bo'lishini so'radi. Lekin himoyachi bu taklifga ko'nmadi. "Real" Ramosga ikki xil variant taklif qildi: bir yil maoshini o'zgarmagan holda yoki hozirgi maoshidan 10 foiz kam ikki yillik shartnoma. Ramos boshqa klublardan tushadigan takliflarni ko'rib chiqishini bildirdi. Agar Ramos jamoada qolmoqchi bo'lsa, u holda Peresga qo'ng'iroq qilishini va ikki variantning birini tanlashi mumkin edi, biroq, "Real" futbolchining mavsum yakuniga etgach jamoani tark etishi borasida murosaba keldi, — dedi Marca nashri jurnalisti.