«Real» yarim himoyachisi Toni Kroos EChLdagi g'alabalar haqida fikr bildirdi.
«Evropa Chempionlar Ligasida g'olib chiqish hissini boshdan kechirganingizdan so'ng, bu sovrinni qayta-qayta qo'lga kiritishni xohlaysiz.
Ba'zan yutuqlar orasida bir necha yil o'tadi va bu tushunarli, chunki boshqa jamoalar ham sovrin yutishni xohlaydi, lekin EChLni bir marta qo'lga kiritsang, bu tuyg'u yo'qolmaydi. Garchi EChLda to'rt bora («Bavariya» bilan bir marta, «Real» bilan uch marta) g'olib chiqqan bo'lsamda, buni beshinchi marta yutishni xohlayman», – dedi Kroos TOMorrow bilan suhbatda.