Yarim himoyachi Martin Edegor «Real» klubidan «Arsenal» jamoasiga ko'chib o'tganiga izoh berdi. «Kanonirlar» Edegorni 2020/2021 yilgi mavsumning oxirigacha ijaraga oldi.
«Ushbu bitim amalga oshishdan avval Mikel Arteta bilan juda ko'p maslahatlashdim. O'ylaymanki, u top-murabbiyga aylanishi uchun hamma narsaga ega. Menga uning g'oyalari va futbolga bo'lgan qarashi yoqdi», - dedi Edegor.
Eslatib o'tamiz, Edegor joriy mavsum «Real» tarkibida ko'p ham o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. Ushbu mavsumda u 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi.