«Manchester Yunayted» klubining sobiq yarimhimoyachisi Rayan Giggz «Real» hujumchisi Garet Beylning «MYu» klubiga o'tishidan umidvor ekanini aytdi.
«Beyl bu yil yozda Angliyaga qaytmaydi, ammo bir kun kelib albatta «Old Trafford»da o'ynaydi.
Beyl Angliyaga qaytishni istasa, uni sotib olishga qodir jamoalar juda kamchilikni tashkil qiladi. Biroq, menimcha, Garet Madridda baxtiyor. U dunyoning eng katta klublaridan birida o'ynamoqda, uni qo'lga kiritish juda mushkul.
Agar Beyl u erdagi o'yinidan zavq olayotgan bo'lsa, ketishiga sabab ko'rmayapman», — dedi Giggz Squawka xabarida.