U Irun shahrining “Real Union” klubini sotib oladi. 49 yoshli mutaxassisning vakillari shu masalada muzokaralarni boshlagan va kelishuv fevralda amalga oshishi kutilmoqda.
“Real Union” 1915 yil tashkil topgan. Jamoa 1932 yil Primeradan tushib ketgan va shundan buyon yuqori divizionga ko'tarilmagan.
Emerini otasi Xuan va bobosi Antonio darvozabon sifatida “Real Union” sharafini himoya etgan. Qayd etish joiz, Antonio Emeri mazkur klub afsonasi hisoblanadi va u Primeraning ilk golini o'tkazib yuborgan darvozabon hamdir.