"Deloitte Football Money League" tashkiloti Evropa klublarining o'tgan yilgi mavsumda olgan daromadlari bo'yicha reytingini e'lon qildi.
Unga ko'ra, «Barselona» eng ko'p daromad olgan klubga aylandi. "Ko'k-anorranglilar"ning yillik daromaida 715,1 mln evroga teng bo'ldi. Ulardan atigi 200 ming evro kamroq daromad olgan "Real" klubi ikkinchi pog'onani egalladi. "Bavariya" esa 634,1 mln evro daromad bilan kuchli uchlikka kirdi.
Angliyaning «Manchester Yunayted», «Liverpul» va «Manchester Siti» klublari keyingi o'rinlarni band etishgan bo'lsa, "PSJ" 7-pog'onani band etdi.
Evropaning eng ko'p daromad olgan klublari (top-20):
1. «Barselona» (Ispaniya) — 715,1 mln evro
2. «Real» (Ispaniya) — 714,9
3. «Bavariya» (Germaniya) — 634,1
4. «Manchester Yunayted» (Angliya) — 580,4
5. «Liverpul» (Angliya) — 558,6
6. «Manchester Siti» (Angliya) — 549,2
7. «PSJ» (Frantsiya) — 540,6
8. «Chelsi» (Angliya) — 469,7
9. «Tottenxem» (Angliya) — 445,7
10. «Yuventus» (Italiya) — 397,9
11. «Arsenal» (Angliya) — 388
12. «Borussiya» Dortmund (Germaniya) — 365,7
13. «Atletiko» (Ispaniya) — 331,8
14. «Inter» (Italiya) — 291,5
15. «Zenit» (Rossiya) — 236,5
16. «Shalke» (Germaniya) — 222,8
17. «Everton» (Angliya) — 212
18. «Lion» (Frantsiya) — 180,7
19. «Napoli» (Italiya) — 176,3
20. «Ayntraxt» (Germaniya) — 174.