«Real» prezidenti Florentino Peres yarimhimoyachi Luish Figuning transferi tafsilotlarini aytdi.
Futbolchi 2000 yilda «Barselona»dan «Real»ga shov-shuvli tarzda o'tgan edi.
«U paytlari hech kim 60 million evro sarflamagan. Men «Barselona» sardori bo'lmish Figuni «Real»ga o'tishga ko'ndirganman. Bu «Barselona» yuragini sug'urib olish bilan barobar edi.
Men Figuga uning atrofida jamoa tuzmoqchi ekanimizni aytdim. Keyin «Real»ga Zidan, Ronaldo, Bekhem keldi va biz «Galaktikos» nomini olgan ajoyib jamoani tuzdik.
«Galaktikos» davri tugagach, Ronaldu, Kaka, Benzema va Beyl bilan shartnoma imzoladik. Buyuk futbolchilar jamoani nafaqat sport, balki biznes sohasida ham o'sishiga yordam beradi. O'ylaymanki, haqli ravishda dunyo futboli cho'qqisidamiz», — dedi Peres.