"Qirollik klubi" 24 yoshli chap qanot ispaniyalik futbolchining qaytishi uchun 45 million evrodan voz kechishga tayyor.
"Real Regilonni 2020 yilning sentyabr oyida qo'yib yuborgan edi. Ammo klub rahbariyati bitimda uni 2 yil ichida birinchi bo'lib xarid qilish bo'yicha bandni qoldirishgan edi. Endi klub kadrlar muammosini hal qilish uchun ushbu bandni faollashtirish haqida o'ylab qoldi.
"Tottenxem" kuzda Regilonga 35 million evro to'lagan edi, "Real" hozir futbolchi uchun 10 mln ko'proq to'lashga tayyor. Serxio Madriddan jamoadagi holatidan norozi holda ketgan edi - Zinedin Zidan o'yinchiga ishonch bildirmagan.