«Atletiko» hujumchisi Luis Suares Ispaniya chempionatining 20-turi doirasida bo'lib o'tgan «Valensiya»ga qarshi bahsda (3:1) bitta gol muallifiga aylandi.
33 yoshli futbolchi madridliklar safida La liganing dastlabki 15ta o'yinida 12ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Bu esa Krishtianu Ronaldudan so'ng Primeraning yangi jamoasi safidagi eng yaxshi start hisoblanadi. Portugaliyalik futbolchi mavsum-2009/10da "Real" tarkibida dastlabki 19ta o'yinda 13ta gol urgan edi.