Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi Evropaning top-klublari ishtirokida tashkil qilishini kutilayotgan Superligada ishtirok etmasligini bildirdi. Bu haqda Angliya matbuoti yozmoqda.
Avvalroq UEFA va FIFA Superligada ishtirok etmoqchi bo'lgan klublarga sanktsiya e'lon qilini haqida xabar bergandi. Shu sababli, «MYu» buning oqibatlari yaxshilikka olib kelmasligidan xavotirda.
Biroq, Evropaning aksariyat klublari haligacha Superligani tashkil qilish ishqida yonmoqda. Qayd etilishicha, «Real» va «Yuventus» hamon ushbu tashabbusni targ'ib qilishmoqda.