"Real" sardori Serxio Ramos Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) tomonidan so'nggi o'n yillikning (2011 - 2020 yillar) eng yaxshi to'purar himoyachisi deb topildi.
IFFHS milliy chempionatlar, evrokuboklar va terma jamoaning rasmiy o'yinlarida urilgan gollari hisoblab chiqdi. Unga ko'ra, Ramos 89 gol bilan 1-o'rinni egalladi ("Real" safida 71ta, Ispaniya terma jamoasida 18ta).
Ikkinchi pog'onani esa himoyachi gibraltarlik Jozef Chipolina (78) egallagan bo'lsa, kosta-rikalik Keylor Soto (73 gol) kuchli uchlikka kirdi.
So'nggi 10 yillikning eng yaxshi to'purar himoyachisi (top-10):
1. Serxio Ramos ("Real", Ispaniya) - 89 gol
2. Djozef Chipolina (Gibraltar) - 78
3. Keylor Soto (Kosta-Rika) - 73
4-5. Ali Maalul (Tunis) - 66
4-5. Markus Yurgenson (Estoniya) - 66
6. Abdurahmon Xashud (Jazoir) - 63
7. Andres Tyunes (Venesuela) - 56
8. Muhammad Rabi Meftax (Jazoir) - 54
9. Ramin Rizoiyyan (Eron) - 52
10. Aleksandar Kolarov (Serbiya) - 51.