Madridning «Real» futbolchisi Lukas Vaskes jamoa bilan shartnomani uzaytirish borasidagi taklifga rad javob berdi. Futbolchini taklif qilingan yangi shartnoma shartlari qoniqtirmadi. Bu haqda Cadena SER nashri xabar bermoqda.
«Real» Vaskesga joriy maoshni saqlab qolgan holda uch yillik bitim taklif qildi. Biroq, futbolchi maoshini oshirib berishlarini talab qilmoqda.
Bundan tashqari, Vaskes «Real» yozda uni transferga qo'ygani uchun haliyam xafa ekanligini yashirmadi.