«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning yordamchisi David Bettoni «Alaves»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (4:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
O'yin haqida
«Haqli g'alaba. Biz to'pni nazorat qildik, uchrashuvga jiddiy yondashdik. Jamoa o'yinidan qoniqish hosil qildim. Futbolchi almashtirishdan oldin esa bosh murabbiyning fikrini bilishni istagandim. U bu erda boshliq.
Zidan ham jamoaning o'yinidan, futbochlilarning ishtiyoqidan qoniqish hosil qildi. U mendan o'yinchilarni tabriklab qo'yishni so'radi. Endi esa biroz dam olib, keyingi o'yin haqida o'ylashni boshlashimiz kerak».
Azar haqida
«Jarohatlar tufayli bir yarim yillik mavsum unga og'ir bo'ldi. Unga nisbatan sabr qilishimiz kerak. Ammo "Real"da sabr qilish oson emasligini yaxshi bilamiz. O'yindan-o'yinga u o'zining eng yaxshi formasiga yaqinlashmoqda», – dedi murabbiy.