Madridliklar himoyachisi Rafael Varan jamoani tark etish fikrini o'ylab ko'rmoqda. U klubda davom etib kelayotgan hozirgi muhitdan norozi va o'z imkoniyatlarini boshqa bir ligada ochilishiga ishonmoqda.
«Qirollik klubi» esa frantsiyalik futbolchidan mo'maygina daromad qilish maqsadida uni yozda qo'yib yuborishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Varanning «Real»dagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, himoyachi xizmatlariga «MYu» klubi qiziqish bildirmoqda.