«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe o'z kelajagi borasida hali bir qarorga kelolganicha yo'q.
ESPN xabariga ko'ra 22 yoshli frantsuz bir kun kelib «Real» yoki «Liverpul» kabi grand jamoalarga borib qo'shilishiga ishonmoqda. U buni Leonardoga ham bir necha marta aytib ko'rdi.
Biroq Kilian pandemiya sababli kuchli jamoalar uni xarid qilolmasliklarini ham anglab turibdi. Shuning uchun u hozirgi sport formasini yanada kuchaytirishi zarurligi va Pochettino bilan munosabatlarini yomonlashtirmasligi kerakligini yaxshi biladi.
Eslatib o'tamiz, Mbappening Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yoziga qadar mo'ljallangan.