Madrid klubi futbolchilari birin-ketin safdan chiqib bormoqda.
Sports.es ma'lumotlariga ko'ra, jamoa etakchisi Serxio Ramos La Liganing navbatdagi 20-turi doirasida «Alaves»ga qarshi bahs oldidan mashg'ulotlarda ishtirok eta olmadi.
Himoyachi «Atletik»ka qarshi superkubok yarimfinali (1:2)dan beri chap tizzasida og'riq sezmoqda. Uning ertangi bahsda ishtirok etaolmasligi deyarli aniq bo'lib ulgurgan.
Shuningdek, «Alaves»ga qarshi bahsni yana bir himoyachi Nacho koronavirus sabab o'tkazib yuboradi. Biroz oldinroq esa Valverdening ham safdan chiqqani to'g'risida xabar bergan edik.