"Qirollik klubi Ispaniya kubogidan chiqib ketgani uchun La liganing 1-turidan o'rin olgan "Real" - "Xetafe" o'yini ertaroqqa surildi.
Dastlabki rejaga ko'ra mazkur bahs 17 fevral kuni o'tkazilishi kerak edi, endi esa uchrashuv 9 fevral kuni o'tkaziladigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, 1-tur doirasidagi "Real" - "Xetafe" o'yini madridliklarning EChL pley-off bosqichidagi ishtiroki tufayli keyinroqqa qoldirilgandi.