Madridliklar «Seltik» hujumchisi Odson Eduar o'yinlarini jiddiy qiziqish bilan kuzatib bormoqda.
Marca xabariga ko'ra «qaymoqranglilar» futbolchi xaridi uchun 22 millionni bahridan kechishga tayyor. Odsonning shotlandiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil iyunda yakuniga etadi.
Joriy mavsum Eduar «Seltik» safida 23 o'yinda maydonga tushib 11+3 natijani qayd etgan. Shuningdek, uning xizmatlariga «Milan» ham qiziqish bildirmoqda.