"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan uchrashuvdan so'ng OAV intervyu berib o'tdi.
O'yin haqida:
"Biz g'alaba tashnamiz va barcha g'alaba uchun maydonga tushdi. Biz har doim ko'proq narsa kutamiz. O'yin haqida nima deyman, biz ideal o'yin o'tkazdik, ayniqsa birinchi bo'limda. Tanaffusdan so'ng qiyinchiliklarga duch keldik, lekin bu o'yin sovrin uchun va agarda Beyl gol urganda hammasiga nuqta qo'yilar edi. Xayriyatki hammasi ko'ngildagidek yakunladi. Biz o'yinni nazorat qildik, kuchli bosimni amalga oshirdik va raqiblarga o'z stilida o'yin ko'rsatishga imkon bermadik. Yakshanba kuni biz yana bir qiyin va kuchli raqib bilan o'yin kutib turubdi. Bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rishni xohlaymiz."
Muxlislar haqida:
"Bizni Makedoniyada yaxshi kutib olishdi. Stadionda ham muxlsilarimiz ko'p edi. Makedoniyadagi barcha madridistlarga minnatdorchilik bildiraman."
Ispaniya Superkubogi haqida:
"Biz har qanday raqibni mag'lub etishimiz mumkin. Jamoa g'alaba qozonishda davom etishni xohlaydi, ammo raqiblar ko'p ular ham g'alaba uchun maydonga tushadi. Yakshanba kungi o'yingacha 3 kun vaqt bor, ungacha vaziyatni o'zgartirishimiz mumkin."