«Real» Ispaniya kubogidan chiqib ketgach, bugun ertalab mashg'ulot o'tkazdi.
"Marca" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, ba'zi futbolchilar bosh murabbiy Zayniddin Zidandan keskin nutq va jahlga qorishgan so'zlarni kutgan edi.
Ammo frantsiyalik mutaxassisning suhbati 2 daqiqadan oshmadi. U kechagi o'yin sharmandali holat emasligini yana bir marta takrorladi.
Murabbiy o'yinchilarni yakdillikka chaqirib, birgalikda ko'proq natijaga erishish mumkinligini ta'kidladi. Odatda esa Zidan bunday muvaffaqiyatsizlikdan so'ng o'yinchilarga keskin fikrlar bildirar edi.