Futbolchining o'zi ko'proq o'ynash uchun "qaymoqranglilar" safini tark etishini bildirdi.
"Qirollik klubi" norvegiyalik futbolchini yana basklarga berishga tayyor, ammo joriy mavsum so'nggiga qadar va xarid qilish huquqisiz.
Edegor oldin ham "Sosedad"da ijara asosida o'ynagan. 22 yoshli xavbek joriy mavsum La Liga doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, jami 232 daqiqa harakat qildi.