Ispaniya Kubogining 1/16 finalida "Real" Segunda "B" vakili - "Alkoyano" jamoasi mehmoni bo'ldi.
Aralash tarkibni maydonga tushirgan Zinedin Zidan raqib tomonidan ajoyib tarzda jazolandi.
Birinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida Militao hisobni ochdi. 80-daqiqada esa Solbes muvozanatni tenglashtirdi.
O'yining asosiy bo'limlarida g'olib jamoa nomi aniqlanmagach, qo'shimcha taymlar boshlandi.
Uchrashuvning 110-daqiqadasi mezbonlar futbolchisi Ramon Lopez qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Chetlatilishdan 5 daqiqa o'tgach esa, bir kishi kam qolgan maydon egalari "Real" darvozasini nishonga olib, Ispaniya Kubogining 1/8 finaliga yo'l oldi.
"Alkoyano" – "Real" 2:1
21 yanvarya, 01.00, «El Kolyao»
Gollar: 0:1 – 45 Militao, 1:1 – 80 Solbes, 2:1 – 115 Juanan.
"Alkoyano" – Figeras, Juanan, Carbonell (Moltó, 60), Anxel Lopes, Rubio (Ramón López, 72), Ferris, Raul, Niges (Diakité, 78), Sanchez (Serda, 60), Murad (Antón, 105), Mexiya (Solbes, 60).
"Real" – Lunin, Marselo, Odriosola (Azar, 98), Viktor Chust, Militao, Isko (Kroos, 98), Kazemiro, Vaskes, Valverde, Vinisius Junior (Asensio, 90), Mariano Dias (Benzema, 67).
Ogohlantirishlar: Sanchez (32), Juanan (34), Mariano Dias (58), Odriosola (78), Ferris (90), Ramón López (103), Lunin (116).
Chetlatish: Ramón López (110).