Niderlandiyaning «Feyenoord» klubi himoyachisi Markos Senesi jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Marca nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, yozgi transfer bozorida «Real» ushbu futbolchi bilan shartnoma imzolash niyatida. Madridliklar rasmiy so'rovnomani yaqin kunlar ichida yuborishni rejalashtirmoqda.
Rotterdamlik esa o'zning 35 million evrolik futbolchisini sotish niyatidamas. «Feyenoord» Senesi bilan shartnomani 2025 yilgacha uzatirmoqchi va tovon pulini 50 million evroga oshirmoqchi.
Qayd etilishicha, ushbu futbolchi uchun «Manchester Siti» va «Milan» klublari ham faol qiziqish bildirishmoqda.
Joriy mavsum 23 yoshli argentinalik futbolchi Niderlandiya chempionatida 17 ta uchrashuv o'tkazdi va 2 ta gol kiritdi.