Madridning «Real» yarim himoyachisi Martin Edegor Londonning «Arsenal» klubiga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda Angliya matbuoti xabar bermoqda.
«Real» rahbariyati hali yakuniy qarorga kelgani yo'q. Norvegiyalik futbolchining o'zi esa ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun ijara asosida boshqa jamoaga o'tmoqchi. Unga APL yoqadi.
Joriy mavsum Edegor madridliklar safida 9 uchrashuvda maydonga tushdi. U avvallari «Xerenven», «Vitesse» va «Reale Sosedad» tarkiblari ijara asosida to'p surgan.