OAVda Martin o'zini ijaraga qo'yib yuborishlarini so'ragani haqida malumotlar tarqaldi. Bunga futbolchi etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani sabab qilib ko'rsatilgan.
Edegor umumiy hisobda 385 daqiqa o'ynadi, yani umumiy vaqtning 16%.
Ammo masalaning bir muhim tomoni mavjud. "SHaxter" bilan 1 dekabrda bo'lib o'tgan, Zidan "kursisini keskin qimirlashiga" sabab bo'lgan, uchrashuvgacha Martin maksimal vaqtning 26% maydonda o'tkazgan (bu ham iqtidorli yarim himoyachi uchun zo'r ko'rsatkich emasdek). Biroq futbolchi jarohatlar sabab har qanaqasiga o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan o'yinlarni hisobdan chiqarsak, umumiy o'yin vaqtining 45% ko'rinishidagi natija chiqib keladi. Norvegiyalikning raqobatchilari: Kroos, Modrich va Fede hamda Isko ekanligini inobatga olsa - yomon ko'rsatkich emasdek.
Bundan kelib chiqadiki, Zidan Edegor uchun tarkibdan joy, jamoa o'yinidan o'rin qidirib ko'rdi.
Lekin keyin Martin jarohat oldi (yaxshigina summaga sotib olingan Eden Azar bilan taxminan deyarli bir vaqtda safga qaytdi), Zidan esa o'zi uchun malum guruh futbolchilarini aniqlab oldi va asosan faqat ularning xizmatlaridan foydalanishni boshladi. Natijada, 10 uchrashuvda 7 g'alaba (2 durang va Superkubokda mag'lubiyat) va Zizuning vaziyati biroz stabillashdi. Murabbiy natija beradigan tarkib va usulni topdi hamda unda to'xtadi. Haqli savol tug'iladi, bunda Zinedin Zidanni ayblash qanchalik o'rinli?