Yarim tunda barchamiz shirin uyqudan voz kechib futbol tomosha qilamiz. Bizga shu shirin uyqudan voz kechib kechalarni bedor o'tkazish shunchalik zarurmi?
Yo'q, zarur emas, biz shu narsani xohlaymiz, bizning bor vujudimiz xohlaydi tuni bilan futbol tomosha qilishdi, sababi bizning "muxlis" de'ya atalgan nomimiz bor!
Muxlis uchun esa sevimli jamoasining har bitta o'yini oldida "uyqu" degan narsa begona, muxlis uchun suyukli jamoasi zafar quchsa bas, unga boshqa narsa kerak emas!
Buni qarangki mana yangi mavsum ham asta eshik taqqilatib, yangi mavsum shukuhi biz tomon kelmoqda. Mavsum boshlanishidan avval, chempionatlarda har xil "hisob-kitob" ishlari olib boriladi, shuningdek Yevropada ham. Tabiiyki gap Yevropa Superkubogi haqida ketmoqda.
Kuni kecha «Yozda uxlagan "oq ayiqlar"» deb nomlangan maqola sizlarga taqdim qilingandi va maqola so'ngida maqolaning davomi borligi ta'kidlab o'tilgandi, mana shu "leksiya"ni aynan o'sha maqolaning davomi sifatida qabul qiling.
"Oq ayiqlar'' uygondi