«Inter» yarim himoyachisi Nikolo Barella Evropaning bir qator klublari qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.
Italiyalik futbolchiga «Barselona», «Real» va «Bavariya»dan qiziqish bor. Bu haqda La Gazzetta dello Sport’ga tayanib Diario Sport xabar qilmoqda.
23 yoshli futbolchiga eng yuqori qiziqish katalon klubidan bo'lmoqda. «Barselona» Barellani mazkur transfer oynasida xarid qila olmaydi. Biroq katalonlar uni yozda yoki 2022 yilning yanvarida qo'lga kiritishga urinib ko'radi.
Avvalroq «Tottenhem» ham futbolchiga befarq emasligi xabar qilingandi.
Barella A Seriya joriy mavsumida 18 o'yin o'tkazib, ikki gol va beshta golli uzatma muallifiga aylandi.